Cornelsen va Klett nashriyotlarining nemis o'qituvchilari uchun raqamli malaka oshirish kurslari
Ikki o'quv seminar seriyada ishtirokchilar elektron kitoblarni onlayn va offlayn darsga qanday kiritishni, darslarini turli xil dastur va vositalar bilan boyitishni o'rganadilar.
Jennifer Svand xonim boshchiligidagi Klett naschriyotidan 10-ta dars davomida o'tkazilgan raqamli treningda ishtirokchilar quyidagilarni bilib olishdi:
- raqamli ta'lim imkoniyatlari;
- onlayn darslarda Der Grüne Maks va Genialklick elektron kitoblarni joriy etish;
- onlayn darslarni yanada ijodiy va interaktiv qilishni imkoniyatlari;
- har xil sinflar uchun aralash darslarni qanday tayyorlash kerakligi.
- chet tilini o'qitishning asosiy tamoyillari;
- amaldagi kitoblardan namunalar asosida kompetentlik va vazifalarga e'tibor qaratish;
- sinfda va onlayn o'qitishda ichki farqlash turlari va misollari;
- aniq fanlarning mazmuni nemis tili chet tili sifatida darslariga qanday kiritilishi mumkinligi.