Mening Germaniyaga yo'lim
![PASCH maktablari bitiruvchilari bilan onlayn uchrashuvlar O'zb. PASCH maktablari bitiruvchilari bilan onlayn uchrashuvlar O'zb.](/resources/files/png137/alumni-formatkey-png-w320m.png)
O'tgan yildan boshlab biz Germaniyada o'qiyotgan yoki ishlayotgan va o'z tajribalari bilan o'rtoqlashmoqchi bo'lgan PASCH maktablari bitiruvchilari bilan onlayn uchrashuvlar o'tkazmoqdamiz. Bu gal biz Xo'janddagi 15-sonli PASCH maktabining bitiruvchisi bilan uchrashdik, va u bizga Germaniyaga sayohati haqida gapirib berdi.
![Nilufarxon Pulotova Online-uchrashuvda Nilufarxon Pulotova Online-uchrashuvda © © Goethe-Institut Usbekistan Nilufarxon Pulotova Online-uchrashuvda](/resources/files/jpg1237/photo_2023-06-05_16-34-44-formatkey-jpg-w320m.jpg)
Avvaliga uni qiz bolaligi tufayli Germaniyaga yolg'iz o'zini yuborishni xohlashmaganlar, uning ustiga Nilufarning tanishlari ham yo'q edi, u vatanni sog'inardi va yangi mamlakatda yangi muammolarni hal qilishda qiynalardi, ayniqsa bu madaniyatdagi farqda bilinardi.
PASCH maktablari bitiruvchilari bilan bunday tadbirlarda siz haqiqiy hayot haqida bilib olishingiz va amaliy maslahatlarga ega bo'lishingiz mumkin. Masalan, Nilufarning aytishicha, nemis tilini yaxshi bilgan holda Germaniyaga kelish juda muhim, chunki bu holatda odamlarni tushunish osonroq bo'ladi. Germaniyada ko'pchilik dialektda gaplashadi, va agar sizda yaxshi so'z boyligi bo'lsa, muloqot osonroq bo'ladi.