Istalgan nemis tili kursingizni tezda tanlab, onlayn ro`yxatdan o`tib to`lovni amalga oshiringiz mumkin.
To´lov shakli o´zgarganligini e´tiborga oling!
1. Kursni tanlash
-
„Bog'lanish va kurslarga ro'yxatdan o'tish“ bo`limida istalgan kursni tanlang. So`rovingizni osonlashtirish uchun, saytdagi
filtrdan foydalaning. Quyidagi filtr usullari mavjud:
o'rganish tezligi, kurs formati, dars turi, kursning boshlanishi yoki darajasi.
- "BUYURTMA" tugmachasini bosgandan so'ng Siz tanlangan kurs va to'lanadigan narx haqida ma'lumotni ko'rasiz.
- Agar Siz bizda hali kurslarda ishtirok etmagan bo`lsangiz va Sizda nemis tili kunikmalari bo`lsa
„DARAJANI ANIQLASH TESTI“ tugmachasini bosing. Agar Siz birinchi darajadan boshlanmoqchi bo`lsangiz yoki tinglovchimiz bo`lsangiz,
“DAVOM ETISH” tugmachasini bosing.
2. Shaxsiy ma`lumotlar
- Agar Siz
"MeinGoethe.de"da oldin ro`yxatdan o`tgan bo`lsangiz, ma`lumotlaringizni kiriting. Agar birinchi marta foydalanyotgan bo`lsangiz,
“RO`YHATDAN O`TISH” tugmachasini bosing.
- Shaxsiy ma'lumotlaringizni tekshiring va " DAVOM ETISH " tugmasini bosing.
3. To´lov
- Agar Sizda
chegirma uchun imtiyozlar bo`lsa,
zukhra.nurullaeva@goethe.de emailiga murojaat qiling, imtiyozlar bo`lmasa, “DAVOM ETISH” tugmasini bosing
- Endi kurs uchun to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.
Quyidagi to'lov imkoniyatlari mavjud:
- Master Card yoki Visa kartalari orqali to´lov. Toʻlovni Master Card yoki Visa kartalari orqali 30 daqika ichida amalga oshirishingiz kerak. To’lov kechiktirilgan taqdirda, joyingiz bekor qilinadi.
- YANGI!!! UzCard va HUMO kartalari orqali to´lov. To´lov ilovalari orqali - "Rekvizitlar bo´yicha to´lash" bandini tanlang va qo´yidagi ma´lumotlarni kiritishingiz zarur:
MFO 01088
Bank hisob raqami 2029 6000 9039 6544 0001
hujjat tafsilotlarida
tinglovchi raqamingizni, ismingiz va familiyangiz, qaysi kurs yoki imtihon uchun to´layotganingizni ham kiritishini unutmang.
3.
Naqd pul bilan kurs yoki imtihon byuroda (istisno tariqasida)
4.
Firma orqali pul o`tkazish (faqat kursga to´lov mumkin), bu borada
zukhra.nurullaeva@goethe.de bilan bog'laning.
Til kurslarida joyni faqat to'liq to'lov amalga oshirilgandan so'ng band qilish imkoniyati tug'ilishini aytib o'tmoqchimiz.
Bekor qilish shartlari:
- Agar kurs boshlanish vaqtidan avval bekor qilinsa, 10% ma'muriy to'lovlar to'lanadi.
- Kurs boshlanganidan so'ng to'lovni qaytib berish imkoni yo'q.
Kurs uchun toʻlovini qaytarish uchun Til kurslari byurosiga, quyidagi elektron manziliga Bank karta va hisob raqam ma'lumotlaringizni yuborishingiz kerak bo'ladi:
zukhra.nurullaeva@goethe.de yoki
erkin.ismailov@goethe.de.
Karta raqami
Karta berilgan bank nomi
Tranzit hisob raqam (23120 ... dan boshlanadi)
Bank MFO raqami
Bankning STIRaqami
Karta egasining ismi va familiyasi