Fotoko’rgazmaning ochilish marosimi
Xelga Paris. Fotografiya

Xelga Paris fotografiya
© Helga Paris / ifa (Institut für Auslandsbeziehungen)

Birinchi marotaba Toshkentda

O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi

2024-yil 16-aprel kuni soat 19:00 da O’zbekiston tasviriy san’at galereyasida Gyote Instituti, Germaniyaning Xalqaro madaniy aloqalar instituti (ifA) bilan hamkorlikda Xelga Paris fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o‘tadi.

Xelga Paris 1938 yilda ishchilar oilasida dunyoga keldi, u taniqli ijodkor va fotograf bo‘lgan va hayotining muhim qismini sobiq GDR da o‘tkazgan. Uning ijodiy faoliyati proletariatga mansub kundalik sahnalarni va oddiy odamlarni suratga olishdan iborat edi. Uning faoliyati GDR yoki keyinchalik GDRning sobiq hududlari bilan chegaralanib qolmadi. U, shuningdek, sobiq Sovet respublikalari, Rim va Nyu-Yorkka sayohat qilib, insonlar hayotidagi lahzalarni suratga oldi. Xelga Paris bir nechta mukofotlarga sazovor bo'lgan va Badiiy akademiyaning a'zosi bo'lgan.

Toshkentdagi fotoko‘rgazma muallif 2024 yil 5 fevralda vafot etganidan keyingi birinchi fotoko‘rgazma bo‘ladi. Ko'rgazmada asosiy e'tibor Xelga Paris xotirasi va uning hayotiy faoliyati haqida fikr yuritishga qaratiladi. Fotosuratlar bir oy davomida, may oyining o‘rtalariga qadar namoyish etiladi.

Ochilish marosimini o'tkazib yubormang va ko'rgazmani albatta tomosha qiling!

Ochilishi: 16.04.2024, soat 19:00 da.
Ish soatlari: Seshanba - Shanba soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Manzil: O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi. Buyuk Turon ko’chasi, 2-uy. Toshkent

 

Batafsil

O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi

Buyuk Turon ko’chasi, 2-uy
Toshkent

Til: Nemis, o’zbek, rus, ingliz
Narxi: Kirish bepul

+99871 2098015/37