Hurmatli kitobxon,
21-mart kuni Navro‘z bayrami nishonlanishi bilan O‘zbekistonda bahor rasman boshlandi. Bahor boshlanishi munosabati bilan biz siz uchun rang-barang dastur tayyorladik. 28 va 29 mart kunlari “Whose voice is this? – Markaziy Osiyodan arxiv topilmalari” film dasturi doirasida kino tarixini qayta kashf qilish imkoniga egasiz. Ikki kun davomida Markaziy Osiyodan turli filmlar namoyish etiladi. Panel muhokamasi Markaziy Osiyo kino arxivlarining bugungi holatiga bag‘ishlanadi.
4-aprel kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha Sizni Gyote-Institut kutubxonasida o'tkaziladigan bahor festivaliga taklif qilamiz. Turli xil dastur va interaktiv tadbirlar Sizni kutmoqda.
5-aprel kuni kutubxonamizda musiqa yangraydi. Soat 19:00 dan boshlab musiqachi, shoir va rassom Mary Ocher sahnamizda musiqa ijro etadi.
Underground musiqasining timsoli sifatida u oʻz asarlarida anʼanaviy folklor, 60-yillarning garaj roki, eksperimental pop va atmosfera vokallarini oʻziga xos saund manzarasiga aylantiradi.
Joriy yili ham Gyote-Institut va Shlingel hamkorligidagi bolalar va o’smirlar uchun nemis tilidagi filmlar festivali “Shum bola” 12-marotaba o‘tkaziladi! Festival dastlab 13-15-aprel kunlari Fargʻonada, 16-18-aprel kunlari esa Toshkentda boʻlib oʻtadi.
23-aprel kuni Sizni yana bir musiqiy tadbir kutmoqda, unda Venalik jazz kontrabaschisi va xonandasi Xelen Glyuksam mehmonimiz bo‘ladi.
28-apreldan boshlab rassom Viktor Apuxtin maxsus ko'rgazmasini taqdim etadi: bir oy davomida bizning binomizda Gyotening "Faust" asaridan uning iqtiboslar illyustratsiyasi namoyish etiladi.
Adabiy klassikaning ushbu ijodiy izlanishiga sho'ng'in!
Sizni tadbirlarimizda kutib qolamiz – biz bilan bahor onlarini birga o'tkazing!
Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan,
Maren Nimeyer O‘zbekistondagi Gyote-Instituti direktori
|