Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o'qitish
Xalqaro onlayn anjuman
Bugungi kunda chet tillarini o'qitishni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. O’quv mashg’ulotlarini pandemiya sabab raqamlashtirilishi, o'qituvchilar oldiga yangi (qiyin) vazifalarni qo'ydi. O'qitishni raqamlashtirish haqiqatan ham qiyinmi? Chet tillarini o'qitishda raqamli vositalar va ilovalardan foydalanish qanchalik zarur? Nemis tilini o'rganuvchilar uchun raqamlashtirishning qanday afzalliklari/kamchiliklari mavjud? Siz bu va boshqa savollarga O'zbekistondagi Gyote instituti tomonidan har yili o'tkaziladigan "DAF-UNTERRICHT IM DIGITALEN ZEITALTER" xalqaro ilmiy-amaliy onlayn-anjumanida javob topasiz. Ushbu anjuman www.dafdigital.uz internet sahifasida Zoom platformasi xizmatidan foydalangan holda o'tkaziladi.
Anjumanning maqsadi: ta’lim sohasi, xususan, chet tillarini o‘qitish sohasidagi innovatsion texnologiyalar, yangi o‘quv-uslubiy va texnik imkoniyatlar, zamonaviy pedagogika muammolari va dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar almashishdan iborat.
Anjuman ta’limning barcha bosqichlarida nemis tilini o‘qitish jarayonig eng so‘nggi tadqiqotlari, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy va milliy tajribani joriy etish natijalarini o‘z ichiga oladi.
Anjumanning ishchi tillari: nemis, o‘zbek va rus tillari.
Hamkorlik qilish: Agar Siz ushbu anjumanni tashkil etish, o’tkazish bo’yicha O’zbekistondagi Gyote Instituti bilan hamkorlik qilishni hohlasangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling: info-taschkent@goethe.de