Gyote-Gap - O'zbekistondagi Gyote-institutining yangi loyihasi. Oyiga bir marta turli sohalarda mashhur,e‘tiborga sazovor va ommaga qiziq bo’lgan shaxslarni taklif qilamiz. Boshlovchimiz Sherzod Igamnazarov suhbatga taklif etilgan mehmonlar bilan faoliyati haqida suhbatlashadi, hozirgi rivojlanish tendensiyalarini muhokama qiladi va savollaringizga javob beradi.
"Gyote-Gap" tadbiri doirasida biz kino, arxitektura, musiqa va boshqa sohalardagi ba'zi qiziqarli kishilarning ish uslublarini, g'oyalari va fikrlarini ko'rsatishga intilamiz va tinglovchilarga yurtimiz madaniy hayotiga oz bo’lsada sho’ng’ib olishiga imkon beramiz. Loyihamizga Germaniyadan ham mehmonlarni taklif qilamiz.
"Gyote-Gap" tadbirlari
o'zbek va
rus tillarida o'tkaziladi.
Tadbirimizning birinchi mehmoni - "Berlin - Oqqo'rg'on", "Abdullajon", "Osmondagi Bolalar", "Vatan" va "Bomba" filmlarining rejissyori
Zulfikar Musakov.
Ortga