GameDev Goethe 2024
O'zbekistonda o'yinlar yaratish uchun noyob inkubator

GameDev Goethe 2024 © Goethe-Institut Usbekistan

 

GameDev Gyote so‘nggi to‘rt yil ichida butun mamlakat bo‘ylab yosh o‘yin yaratuvchilarni muvaffaqiyatli tarzda birlashtirgan o'ziga hos noyob inkubator sifatida o‘zini namoyon qildi. Har yili yosh ishtirokchilar tajribali mutaxassislar ko‘magida jamoalarda o‘zlarining o‘yin loyihalarini ishlab chiqadilar. Intensiv seminarlar va mahorat darslari yakunida yaratilgan o'yinlarni ochiq osmon ostidagi ko'rgazmada namoyish etishga qaratilgan loyiha allaqachon 61 g'oyani ishlab chiqdi va 26 o'yinni taqdim etdi. GameDev Gyote loyihasi o'yin yaratish sohasida yosh iste'dodlarni birlashtirish, ularni qo'llab quvvatlash, kelgusi kasb karyeralarini tanlashga ko'maklashish, ularni rag'batlantirishga hissa qo'shib kelmoqda.

GameDev Goethe o'yinlar yaratish inkubatorini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun 2024 yilda turli tadbirlar rejalashtirilgan:

Treninglar va seminarlar sonini ko'paytirish: O'yin inkubatori ishtirokchilariga o'yin yaratish jarayoniga tegishli dolzarb mavzular bo'yicha bir qator mahorat darslari va seminarlar tashkil etiladi. Mavzular orasida virtual reallikdagi (VR) o'yinlarni yaratish, dasturlash va murakkab o'yin mexanizmining dizayni mavjud.
Mentorlik dasturi: Tajribali o'yin yaratuvchilar ishtirokchilarga maslahat berib boradilar. Bu ularga mutaxassislardan o‘rganish va malakasini oshirish imkonini beradi.
Xalqaro hamkorlik: GameDev Gyote xalqaro tashkilotlar va oʻyinlar yaratishga ixtisoslashgan kompaniyalar bilan hamkorlik qilish orqali kengaymoqda. Bu yaratilgan o'yinlarni xalqaro maydonga olib chiqish uchun bilim, resurslar va imkoniyatlar almashish imkonini beradi.
O'yin turnirlari va musobaqalar: Doimiy o'yin turnirlari va o'yinlar yaratish musobaqalari ishtirokchilarning ijodini rag'batlantiradi va ularga o'z mahoratini namoyish qilish imkoniyatini yaratadi.
Teng imkoniyatlar yaratish: Qizlar uchun seminarlar ularni inkubatorda ishtirok etishga undaydi. Bu o'yinlar yaratish sanoatida barcha uchun teng imkoniyatlar yaratadi.
Oʻyin madaniyatiga bagʻishlangan tadbirlar: GameDev Gyote Oʻzbekistonda oʻyin madaniyatini targʻib qilish maqsadida turli festivallar, koʻrgazmalar va soha vakillarining chiqishlari kabi tadbirlarni tashkil etadi.
„Community“ larni qo’llab quvvatlash: GameDev o’yinchilar jamoalarini muntazam uchrashuvlar, tadbirlar, seminarlar va onlayn forumlar orqali qo’llab quvvatlaydi. Bu ishtirokchilar o‘rtasida fikr, tajriba va bilim almashishni osonlashtiradi.

Agar siz loyihani moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni va unda hamkor sifatida ishtirok etishni istasangiz, tashkilotchilar bilan bogʻlaning: Gavhar Sakirova gavhar.sakirova@goethe.de / Akmal Salixov TG: @salihoff

Tadbirga o'tish: GameDev Pizza Pitch

Bizni kuzatib boring