Nemis tili o’qituvchilarining XIV anjumani 2021

O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XIV anjumani 2021 © © Goethe-Institut Usbekistan O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XIV anjumani 2021 © Goethe-Institut Usbekistan

 

Har yili kuzda Toshkent shahrida O’zbekiston nemis tili oʻqituvchilari anjumani boʻlib oʻtadi, unda har doim Germaniya va nemis tili bilan bogʻliq yangi mavzu doirasida turli mahorat darslari tashkillashtiriladi. Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari, litsey va oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari dolzarb mavzu bo‘yicha fikr almashish yoki yangi aloqalar o‘rnatish uchun Toshkent shahriga taklif qilinadi.

Tadbir Xorijdagi maktablar markaziy boshqarnmasi (ZfA), Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O‘zbekiston Gyote Instituti anjuman doirasida maktablar, kasb-hunar maktablari, litsey va kollejlarda dars beradigan o‘qituvchilarga nemis tilini chet tili sifatida o‘qitish sohasida malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi. O‘qituvchilar nafaqat metodik bilimlarini kengaytiradilar, balki chet tili o’qitishning zamonaviy metodikasini ham o‘zlashtiradilar.