"Germaniya oliygohlariga ko'prik" bu, matematika, informatika, tabiy va texnik fanlar, shuningdek nemis tili bo'yicha yuqori natijalarga ega bo'lgan o'rta umumta'lim maktablari, hamda akademik litsey va kasb-hunar kolledjlarining bitiruvchilariga Germaniya oliy ta'lim muassasalarida o'qish uchun nafaqat nemis tili balki yo'nalishlar bo'yicha ham tayyorgarlik ko'rish imkonini beruvchi dasturdir.
Xorijdagi maktab bitiruvchilarida umumiy o'rta ta'limdan so'ng Germaniydagi oliy ta'lim muassasalariga (OTM) to'g'ridan to'g'ri kirish imkoniyati mavjud emas edi. Ular oliy ta'limdan avval bir yoki ikki yil davomida o'z yurtlarida taxsil olishlari yoki Germaniyada tayyorlov kurslarida (Studienkolleg) o'qishlari lozim edi. Nordrayn-Vestfallen federal yeri abiturientning taxsil olish qobiliyatini sinab ko'ruvchi maxsus imtihonni OTM larga o'qishga kirish uchun muqobil variant sifatida e'lon qilgach, maktab bitiruvchilari ham Germaniya OTMlarida tayyorgarlik kurslarisiz to'g'ridan to'g'ri taxsilni boshlash imkoniga ega bo'ldilar. Buning asosiy sharti o'z yurtida "Germaniya oliygohlariga ko'prik" tayyorlov dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishdir. Dastur istirokchilari til kurslari va imtihonlarning kombinatsiyasi orqali (TestDaF va TestAS imtihonlari, hamda ularga tayyorgarlik), hamda MINT-Kurslari (matematika, informatika, tabiy va texnik fanlar), madaniyatlar aro muloqot treningi, shuningdek, Germaniyadagi oliy ta'lim bo'yicha axborot soatlari yordamida Germaniya OTMlariga o'qish uchun mukammal tayyorgarlikdan o'tadilar.
Germaniydagi hamkor OTMlar har yili "Germaniya oliygohlariga ko'prik" loyihasi ishtirokchilari uchun ma'lum miqdorda o'rin ajratadilar va ta'lim jarayonida dastur bitiruvchilarini doimiy qo'llab quvvatlab boradilar. Loyiha ishtirokchilari dastur yakunida ushbu hamkor OTM larga hech qanday qo'shimcha imtihonsiz, to'g'ridan to'g'ri hujjat topshiradilar.
"Germaniya oliygohlariga ko'prik" loyihasida Sharqiy Evropa/O'rta Osiyo mamlakatlari (Rossiya, Ukraina, Gruziya, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Belarus) va AQSH, Meksika, Xitoy, Vyetnam, Tailand, Indoneziya, hamda Janubiy Amerika mamlakatlari (Argentina, Boliviya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Peru, Urugvay) ishtirok etadilar.