Qo’shimcha ma’lumotlar

Modullar haqida batafsil

Goethe-Zertifikat C1 O'qish, Tinglash, Yozma va Og’zaki nutq modullaridan iborat (og'zaki nutq juftlikda o’tkaziladigan imtihon).

Imtihon tanlangan imtihon markazlarida raqamli va qog'oz shaklida o'tkaziladi. Imtihon butun dunyoda qabul qilingan yagona standartlarga muvofiq o'tkaziladi va baholanadi.
 

O'qish

Siz (onlayn) gazeta va jurnallardagi maqolalar kabi turli matnlarni o'qiysiz. Siz asosiy g'oyalar, batafsil ma'lumotlar va matndagi nuqtai nazarlarni ajrata olasiz.

Davomiyligi: 65 daqiqa

Yozma nutq

Siz dolzarb ijtimoiy mavzu bo'yicha o’z fikringizni forum habarlarida erkin tarzda bildirib, asoslab, rasmiy xabar yozasiz. Siz matn uslubi va uslubga hos iboralarni vaziyat va adressatga mos ravishda ifodalay olasiz.

Davomiyligi: 75 daqiqa

Tinglash

Siz podkast, intervyu, muhokama va ma'ruza tinglaysiz. Siz turli mavzular bo’yicha bayonotlar, batafsil ma'lumotlar va fikrlarni qiyinchiliksiz tushunasiz.

Davomiyligi: taxminan 40 daqiqa

Og’zaki nutq

Siz murakkab mavzu bo'yicha qisqacha taqdimot o'tkazasiz va uni suhbatdoshingiz bilan muhokama qilasiz. Shuningdek, bahsli mavzuni juftlikda muhokama qilasiz.

Davomiyligi: 20 daqiqa

Talablar

Goethe-Zertifikat C1 - bu kattalar uchun nemis tili imtihonidir.

Gyote-Instituti imtihonlari barcha uchun ochiq va yoshidan hamda Germaniya fuqaroligiga egaligidan qat'iy nazar topshirilishi mumkin.
  • Goethe-Zertifikat C1 imtihonini topshirish uchun tavsiya etilgan yosh 16 yosh va undan kattalar.
  • Goethe-Zertifikat C1 imtihonini muvaffaqiyatli topshirish, nemis tilini Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining (GER) C1 darajasida bilishni tasdiqlaydi.
  • Ushbu darajani egallash uchun, nemis tilidan olgan bilimlaringizni e’tiborga olgan holda, har biri 45 daqiqadan jami 800 dan 1000 akademik soatgacha dars dars mashg’ulotlari zarur bo‘ladi.