O'zbekistondagi Gyote-Institutida
Bandlik: Shanba kunlari 25% (haftasiga 10 soat)
Maosh: Mahalliy ish haqi sxemasiga muvofiq
Gyote-Instituti Germaniya Federativ Respublikasining madaniyat muassasasidir. U Germaniyaning turli qiyofasini dunyoga ko'rsatadi, nemis tili, madaniyati va jamiyatiga yo'l ochadi va xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantiradi.
Goethe-Instituti filiali qabulxona va telefon aloqa xizmatlari, shuningdek, ofis ishlarini olib borish uchun xodim izlamoqda. Xodim shanba kunlari, haftasiga 10 soat ishlashi lozim. Maosh va ijtimoiy imtiyozlar Goethe Instituti Toshkent filiali uchun mahalliy xodimlar uchun belgilangan maosh tizimiga muvofiq to‘lanadi.
ISH TAVSIFI:
- Qo'ng'iroqlarga javob berish va ularni ulash;
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish;
- Shaxsiy, elektron pochta va telefon orqali umumiy ma’lumotlar, til kurslari, institutning faoliyati va takliflari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish;
- Institut bo‘limlari haqida ma’lumot berish va mehmonlarni kerakli joylarga yo‘naltirish;
- Mijozlarni samimiy kutib olish va mehmonlarni ro‘yxatga olish;
- Boshqaruv ishlari;
- Kurslarga ro‘yxatdan o‘tishda yordam;
- Tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etish.
TALABLAR
- O‘zbek va rus tillarini og‘zaki va yozma ravishda erkin bilish;
- Nemis tilini yaxshi darajada bilish (og‘zaki va yozma);
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda samimiy va ochiq muloqot qilish ko‘nikmasi;
- MS Office dasturlarini, jumladan Word va Outlook dasturlarini bilish;
- Jamoada ishlash qobiliyati va ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- Diqqatlilik, aniq ishlash va kuchli stressga bardosh berish;
- Muassasa ichidagi tashkiliy ishlar bilan yaqindan tanishish uchun tayyorlik.
ARIZA BERISH TARTIBI
Motivatsion xat, rezyume va tavsiyanomalarni elektron shaklda
2024-yil 22-noyabrgacha Surayyo.Ochilova@goethe.de manziliga, Suraio Ochilova xonim nomiga yuborishingizni so‘raymiz.