Kitob taqdimoti va mutolaasi
Antologiya taqdimoti

SIMURGH Buchcover Hintergrund
Verlag das Wunderhorn

„SIMURGH“

Gyote-Bog'i

30 avgust soat 19:00 da Gyote-Instituti bog‘ida:
Nemis tilidagi Markaziy Osiyo she’riyatining ilk antologiyasi bilan tanishing! Markaziy Osiyo she'riyatining sehrli olamiga sayohat qiling!


Markaziy Osiyo she'riyatining, ayniqsa zamonaviy she'riyatning xilma-xilligi, nemis tilida so‘zlashuvchi kitobxonlar uchun deyarli noma’lum. Hozirgi nemis she’riyati va adabiyoti ham Markaziy Osiyoda ko‘pchilikka ma’lum emas.

Shu munosabat bilan Qozog‘iston va O‘zbekistondagi Gyote-Institutlari oldida umumiy maqsad turibdi: kam ma’lum adabiyotga o‘zaro qiziqish uyg‘otish, chegaralarni ochish va madaniyatlararo almashinuvni rivojlantirish. Bu g‘oya O‘rta Osiyo mifologiyasining afsonaviy mavjudoti nomi bilan atalgan "Simurg" loyihasida o‘z ifodasini topgan. “Simurgʻ” loyihasi  tarjimonlar va mualliflar uchun mahorat darslari, Markaziy Osiyoda ilk sheʼriyat festivali, she’riyat uchun raqamli makon va boshqa tadbirlarni o'z ichiga olgan.

2022-yilda “Simurg‘” nemis she’riyatining antologiyasi Markaziy Osiyoning besh tiliga (turkman, qirg‘iz, qozoq, o‘zbek va tojik) tarjima qilinib nashdan chiqdi. 2023-yilda esa Markaziy Osiyo she’riyatining birinchi antologiyasi Das Vunderhorn Verlag tomonidan nemis tilida nashr etildi. Antologiya Markaziy Osiyoning turli madaniyatlari, tarixi va tillarini taqdim etadi. O‘ttiz nafar shoirning ijodi orqali nemis tilida shu paytgacha kam ma’lum bo‘lgan adabiy hudud va undagi mualliflar ovozi, shuningdek, qiziqarli mavzular bilan tanishish imkoni paydo bo'ldi.

Sizni ushbu ajoyib antologiyaning keng ommaga taqdimoti va jonli mutolaasida ishtirok etishga hamda Markaziy Osiyo she'riyatining sehrli olamiga sayohat qilishga taklif qilamiz.

Tadbir 30 avgust kuni soat 19:00 da Gyote-Instituti bog'ida bo'lib o'tadi!
She’rlar O‘rta Osiyo tillarida, ya’ni asl tilda o‘qiladi.

Batafsil

Gyote-Bog'i



Narxi: Kirish bepul.

+99878 1401470/86 khamrokhon.alimova@goethe.de