Hamkor universitetlar talabalari va DAF o'qituvchilari uchun DLL-Akademiya
04.07. dan - 08.07.2022 gacha Edelweys tog' mehmonxonasida DLL (olmon tilini o'rgatishni o'rganish) dasturini o’quv rejasiga kiritayotgan hamkor universitetlar uchun seminar bo'lib o'tdi. Har bir universitetdan 5 nafar eng yaxshi talaba va 1 nafar DLL dasturini kiritish uchun masʼul oʻqituvchi ishtirok etdi.
Referent Dr. Galina Skripkinaning ta’kidlashicha, ushbu DLL seminari birinchi marta dotsentlar va talabalar PEP-loyihalarni (Tadqiqot va amaliy loyihalar) tayyorlashda tajriba almashadigan formatda o'tkazildi.
Mazkur seminar Gyote-Instituti tomonidan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik doirasida DLL dasturi komponentlarini o‘quv rejalariga integratsiyalashuvi asosida olmon tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash uchun tashkil etilgan.
Hamkor universitetlardan seminarda Milliy universitet, Jahon tillari universiteti, Urganch va Farg‘ona davlat universitetlarining vakillari ishtirok etmoqda.
DLL dasturining kontseptsiyasi bo'lajak o'qituvchilarga o'z kasbiy faoliyatining tadqiqotchisi sifatida harakat qilish imkonini beradi.