Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Germaniyada malaka oshirish

GERMANIYADA MALAKA OSHIRISH Foto: Goethe-Institute in Deutschland

Nemis tili o'qituvchilari uchun stipendiyalar

Gyote-Institut 2025 yilda ham nemis tili fanidan dars beradigan yoki biron bir fanni nemis tilida olib boradigan o'qituvchilarga Germaniyada, shuningdek, oflayn, yoki Blended-Learning formatida (onlayn fazalar bilan) malaka oshirish uchun ko'plab imkoniyatlarni taklif etadi. O'quv kurslari 2 xil formatda o'tkaziladi: an'anaviy formatda va an'anaviy onlayn bosqichlar bilan.

Seminarlarni tanlashda yuqoridagi ma'lumotlarni inobatga olishingizni so'raymiz.

Siz nemis tilini o'qitish metodikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, mamlakatshunoslik bo'yicha bilimlaringizni kengaytirishingiz, trener sifatida malaka oshirishingiz yoki til darajangizni oshirishingiz mumkin.

Ariza topshirishdan avval iltimos, malaka oshirish bo'yicha seminarlar mazmuni bilan tanishib chiqing va bir seminar turiga tegishli, sizning faoliyatingiz uchun zarur bo'lgan 3 ta seminarni tanlang. Seminarlar haqida qisqacha ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin.

Malaka oshirish seminarlari ro'yxati bilan tanishib chiqing:
Iltimos, ishtirok etish shartlari va ariza berish uchun zarur hujjatlar bilan tanishib chiqing.
 
Hujjatlarni quyidagi manzilga yuboring: stipendien-taschkent@goethe.de

Arizalarni qabul qilish muddati: 2024 yil 31 oktyabr.
 
Shuni esda tutingki, faqatgina o'z vaqtida yuborilgan va to'liq to'ldirilgan hujjatlar ko'rib chiqiladi.

Stipendiya o'z ichiga turar joy, ovqatlanish, tibbiy sug'urta va baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish, shuningdek yo'l xarajatlarini oladi.

Sizning arizangiz quyidagi shartlarga javob bersa muvaffaqiyatli bo'ladi:

- so'nggi to'rt yil (2021-2024) Gyote-Instituti va O'zbekistondagi boshqa tashkilotlarning malaka oshirish seminarlarida ishtirok etgan bo'lsangiz.
- oxirgi to'rt yil (2021–2024) Germaniya Federativ Respublikasidan stipendiya olmagan bo'lsangiz.
- seminarda olgan bilimlarni o'z shahringizdagi hamkasblar bilan almashishga tayyor bo'lsangiz.

Savollaringiz bo'lsa, elektron pochta orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin.
 

Aloqa

Dildora Mukhammadaminova © Goethe-Institut Usbekistan Dildora Mukhammadaminova
Til bo’limi boshlig’i
Tel. +998 78 1401470
Fax +998 78 1401471
dildora.mukhammadaminova@goethe.de
f.f.n. Sayyora Turakulova © Goethe-Institut Usbekistan f.f.n. Sayyora Turakulova
Nemis tili bo’yicha ta’lim sohasida hamkorlik bo’limi xodimi
​​​​​​​Tel. +998 78 1401470
Faks. +998 78 1401471
sayyora.turakulova2@goethe.de
Goethe-Institut
Customer management
fortbildung-deutschland@goethe.de