Tinglovchilar malaka oshirish kurslarida interaktiv treningning amaliy qiymati bilan tanishishlari mumkin.
Tinglovchilar interaktiv treningning:
- o'quvchilarning miya faoliyatiga ta'siri haqida o'ylab ko'radilar;
- o'quvchilarning diqqat-e’tiboriga ijobiy ta’sir qilishiga ishonch hosil qiladilar;
- o’rganuvchining muvaffaqiyati va hotirjam muhiti uchun katta ahamiyatini tushunib yetadilar.
Trening davomida Siz sinfda ishlash uchun ko'p sensorli ta'limning ushbu komponentini o'quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradigan yangi turtki va g'oyalarga ega bo'lasiz.
Kursning 2-qismida tinglovchilar „Ag’darma sinf“ metodkiasining asosiy tamoyillari bilan tanishib chiqadilar. Ushbu metodikaning dars maqsadlari va vazifalari haqida ko’nikmalarga ega bo’ladilar, shu jumladan „Ag’darma dars“ metodikasi asosida olib boriladigan darslarda o’qituvchining rolini his qiladilar. Bundan tashqari darslarni rejalashtirish bosqichida kerakli raqamli vositalar hamda ishtirokchilarni interaktiv va darsda faolligini oshirishga qaratilgan usullar bilan tanishib chiqadilar. Bu esa o’z navbatida „Ag’darma dars“ usulining oflayn darslarda qo’llanilishida katta ahamiyatga ega.
Format:
Sinxron o’rganish: Zoom| 8 akademik soat
Asinxron o’rganish: (Moodle) platforma orqali 28 akademik soat