Mahorat darsi Prosa-Poetry-Lab

Prosa-Poetry-Lab © Goethe-Institut Usbekistan

Pay, 16.11.2023 -
Jum, 17.11.2023

Gyote-Institut Toshkent

She'riyat kechasi

Gyote-Instituti Sizni 17-noyabr kuni soat 19:00 da kutubxonada o‘tkaziladigan adabiyot kechasiga taklif etadi!

10 nafar yosh yozuvchi va shoir tomonidan taqdim etiladigan ishlar bir kun avval 16-noyabr kuni soat 14:00 dan tajribali shoira va yozuvchi Nodirabegim Ibrohimova ishtirokidagi mahorat darsida ishlab chiqiladi.

Nodirabegim Ibrohimova Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan va 2007-2011 yillarda O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining “Xalqaro jurnalistika” fakultetida tahsil olgan. U adabiyot sohasidagi faoliyatidan tashqari tarjimonlik bilan ham shug‘ullanadi. Uning asarlari turli tillarda, xususan Rossiya, Meksika va Vietnam adabiy nashrlarida chop etilgan. 2021-yilda Ibrohimova “Yilning eng yaxshi asari” tanlovida Yozuvchilar uyushmasining targ‘ibot mukofotini qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda muallif O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Seminarda o'zingiz ishtirok etib, o'z asarlaringizni yaratish va taqdim etish Sizni qiziqtiradimi?

Unday bo’lsa 7 noyabrga qadar o’z ijodiy namunalaringizni (she'r: 3 ta she'r, nasr: 1 hikoya (5-8 bet)) hamda telefon raqamingizni Mohiraeshpolatova95@gmail.com elektron manziliga yuboring.

Barcha arizalar orasidan 10 nafar yosh ijodkor tanlab olinadi. (5 nasrnavis va 5 shoir).

Jasorat qiling va biz bilan birga bo'ling!

Seminar va ishlarning taqdimoti o‘zbek tilida bo‘lib o‘tadi.

 

Ortga