UMI
Biz qayerdan keldik? Biz qayerga ketayapmiz? Bizni inson sifatida nima belgilaydi? Gyote Institutining yangi ko’chma ko’rgazmasi UNIVERSUM.MENSCH.INTELLIGENZ. (UMI) – “Koinot. Inson. Aql-idrok”, Maks Plank Jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, insoniyatning asosiy muammolariga bag’ishlangan. Ko‘rgazmaning beshta tematik sohasi – “Koinot”, “Homo sapiens yo‘li”, “Bizning miyamiz”, “Antropotsendagi hayot” va “Sun’iy intellekt” ushbu masalalarga to‘xtalib, ularni bir-biriga bog‘lagan. Shu bilan birga, ular ilmiy nuqtai nazardan juda dolzarbdir.
2021 yil iyunda ko’rgazmaning Myunxenda ochilishi
“UMI” nemis tilini o’rganayotgan o’smir yoshlar uchun beshta katta tematik sohaga ega ko’chma ko’rgazma sifatida Germaniyaning eng dolzarb ilmiy tadqiqotlarini namoyish etadi:
Koinot| Insoniyat tarixi| Miya | Antropotsen| SI
Interfaol elementlar, fotosuratlar, grafikalar, animatsiyalar, videolar va podkastlar yordamida “UMI” bizni uzoq vaqtdan beri tashvishga solib kelayotgan va bugungi kunda ham ilmiy nuqtai nazardan juda dolzarb bo‘lgan muhim masalalarni o‘rganadi.
Koinot
Bepoyon kengliklar
Kosmos odamlarni qadim zamonlardan beri va butun dunyoda o’ziga afsun etadi. Uning hajmi qanday? Qanday qilib paydo bo’ladi? U yerda hayot bormi?
Insoniyat tarixi
Hammasi qanday boshlandi – “zamonaviy inson”ning yo’li
Insoniyat Afrikada paydo bo’lgan. U yerdan Homo erectus 1,5 million yil avval Yevropa va Osiyoga tarqaldi. Bu ajdoddan “zamonaviy odam” deb ataluvchi Homo sapiens, shuningdek, uning yaqin qarindoshlari neandertal va Denisov odami paydo bo’lgan.
Miya
Bizning boshimizdagi dunyo
Nafas olish, gapirish, yugurish, kulish, qaror qabul qilish - barchasi miyada boshlanadi. Bizning miyamiz hislar, harakatlar, fikrlar, his-tuyg’ular va hatto xarakterimizni belgilaydi. Biz uxlaganimizda, his qilganimizda, o’rganganimizda, unutganimizda nima bo’ladi?
Antropotsen
Inson tomonidan yaratilgan dunyo(-mi)?
Inson atrof-muhitni o’zgartiradi. Bugungi kunda u butun yer tizimi uchun - iqlim o’zgarishidan bioxilma-xillikgacha hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ammo bu “inson davri” - Antropotsen (qadimgi yunoncha ánthropos - odam) haqida gapirish uchun yetarlimi?
Sun’iy intellekt
Ilmiy isbotlanganmi yoki uydirma?
“Sun’iy intellekt” (SI) yoki ingliz tilida “Artificial Intelligence” (AI) atamasi ilk marotaba 1955 yilda anjuman doirasida rasman ishlatilgan. Ushbu anjumanda ilk marotaba turli, masalan shaxmat o’ynay oladigan dasturlar taqdim etilgan edi. 40 yil o’tgach, Deep Blue shaxmat kompyuteri jahon chempioni Garri Kasparovni mag’lub etdi. Ammo sun’iy intellekt nima? Qanday qilib u paydo bo’ladi?