Mazkur veb-saytning shaxsiylashtirilgan bo‘limlaridan tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tilgandan keyin foydalanish uchun “foydalanuvchi” va veb-sayt operatori sifatidagi Goethe-Instituti o‘rtasidagi munosabatlarda quyidagi foydalanish shartlari amal qiladi.
Veb-saytdan axborot-kommunikatsiya platformasi (“xizmat”) sifatida bepul foydalanish shartnoma predmeti hisoblanadi. Masofaviy pullik oʻquv kurslari faqatgina Umumiy bitim shartlarining predmeti hisoblanadi.
Shaxsiylashtirilgan xizmatlardan foydalanish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi to‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etishi va ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi bayonotga e’tibor qaratishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin foydalanuvchi elektron pochta orqali tasdiqlash havolasidan iborat xat oladi. Foydalanuvchining hisobi Goethe-Instituti tomonidan faollashtirilganidan so‘ng veb-saytdan bepul foydalanish shartnomasi tuziladi.
Foydalanuvchi uchinchi shaxslarga o‘z hisobidan foydalanishga ruxsat berishi mumkin emas va hisob egasi sifatida undan foydalanishning suiste’mol qilinishi uchun javobgardir. Shuning uchun u o‘z hisobi ma’lumotlarini sir saqlashi va uchinchi shaxslarning kirishidan himoya qilishi shart. Himoyalangan tovar nomlari yoki boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslarning nomlarini foydalanuvchi nomi sifatida ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Goethe-Instituti ushbu foydalanish shartlari doirasida foydalanuvchiga veb-saytdagi maqolalarni o‘qish va nashr etish hamda boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish imkonini beradi. Shu maqsadda Goethe-Instituti foydalanuvchiga o‘zining texnik va iqtisodiy imkoniyatlari doirasida turli xil ijtimoiy funksiyalarga ega platformani bepul taqdim etadi.
Ijtimoiy funksiyalarining maqsadi Goethe-Institutining ma’rifiy va madaniy takliflari bo‘yicha mavzular va sohaga oid almashinuvni ta’minlashdir. Goethe-Instituti platformani o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida boshqaradi. Platforma umumiy fikr almashish, foydalanuvchining o‘zini namoyon qilishi yoki ko‘ngilochar maqsadlarga xizmat qilmaydi.
Doimiy ta’minot doirasida biz raqamli mahsulotga shartnomaga muvofiqlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan meyordan tashqariga chiqadigan o‘zgartirishlarni kiritishimiz mumkin, agar
Bunda asosli sabablarga raqamli mahsulotni yangi texnik muhitga yoki foydalanuvchilar soni ko‘payganiga moslashtirish uchun o‘zgartirish zarur bo‘lgan yoki boshqa muhim operatsion sabablarga ko‘ra zarur bo‘lgan holatlar kiradi.
Agar o‘zgartirish foydalanuvchining ijtimoiy funksiyalarga kirish imkoniyatiga yoki ularning foydalanuvchi uchun foydaliligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatsa, Goethe-Institut o‘zgartirish kuchga kirgunga qadar tegishli vaqt ichida foydalanuvchini o‘zgartirish va foydalanuvchi huquqlari haqida elektron pochta orqali xabardor qiladi.
IRo‘yxatdan o‘tish doirasida foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish formasi talablariga muvofiq o‘zi haqida har doim to‘g‘ri, dolzarb va to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi va Goethe-Institutini yoki boshqa foydalanuvchilarni hech qachon o‘z shaxsi haqida chalg‘itmasligi lozim.
Veb-saytda kontentni e’lon qilish orqali foydalanuvchi buning uchun zarur bo‘lgan barcha huquqlarning egasi ekanligiga kafolat beradi. Foydalanuvchi veb-saytga yaxshi an’analarga yoki amaldagi qonunchilikka qarshi boradigan hech qanday materiallarni e’lon qilmaslik yoki boshqa foydalanuvchilarga yubormaslik majburiyatini oladi. Xususan, foydalanuvchi quyidagi mazmundagi materiallarni e’lon qilmaslik yoki ularni boshqa foydalanuvchilarga yubormaslik majburiyatini oladi;
Bundan tashqari, foydalanuvchilar har doim umumiy odob-axloq qoidalariga (die "Netiket") rioya qilishlari va bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim hamda mazkur xizmatdan boshqa foydalanuvchilarni yoki uchinchi shaxslarga tahdid qilish, bezovta qilish, boshqacha tarzda zarar yetkazish, chalg’itish, sha’niga yoki biznesiga zarar yetkazish uchun foydalanmasliklari lozim.
Bundan tashqari, hamjamiyatning biror tegishli yo’nalishi bag’ishlangan mavzularga aloqador bo‘lmagan yoki boshqa yo‘l bilan mavzu va sohaga oid almashinuvga (3-band) putur yetkazishi mumkin bo‘lgan materiallarni e’lon qilish ham taqiqlanadi. Bunga, xususan, mazmuni yo‘q yoki mazmuni bir xil bo‘lgan xabarlarni ommaviy e’lon qilish ham kiradi (“spam”).
Agar foydalanuvchi ushbu foydalanish shartlarining boshqa foydalanuvchi tomonidan buzilganiga guvoh bo‘lsa, unda u sayt ma’murlarini kdf@goethe.de elektron pochta manzili orqali xabardor qilishi lozim.
Yuqoridagi 4-bandda ko‘rsatilgan majburiyatlar buzilgan yoki buzilganligiga asosli shubha paydo bo‘lgan taqdirda (boshqa foydalanuvchilarning qoidabuzarligi haqida xabar berish majburiyati bundan mustasno), Goethe-Instituti o‘z xohishiga ko‘ra foydalanuvchiga nisbatan quyidagi sanksiyalarni qo‘llashi mumkin:
Agar e’lon qilingan material 4-bandga zid kelsa, Goethe-Instituti ushbu materialni oldindan ogohlantirmasdan bloklashi mumkin. Goethe-Instituti foydalanuvchini bunga munosabat bildira olishi uchun xabardor qiladi. Agar material 4-bandga zid kelmasa, Goethe-Instituti blokni olib tashlaydi.
Gyote-Institut faqat qasddan, tizimli yoki shunga o‘xshash jiddiy qoidabuzarliklar sodir bo‘lgan taqdirda foydalanuvchining saytga kirishini oldindan ogohlantirmasdan bloklaydi. Aks holda, foydalanuvchi bir marta berilgan ogohlantirishdan keyin odob-axloq qoidalarini takroran buzgan taqdirdagina yakuniy bloklash amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, saytga kirishni bloklash dastlab vaqtinchalik bo’ladi va Goethe-Instituti foydalanuvchiga yetarlicha vaqt ichida holat bo’yicha munosabat bildirish uchun imkoniyat beradi. Faqat ushbu munosabat asosida yoki belgilangan muddatdan keyin Gyote-Instituti saytga kirishni butunlay bloklash bo’yicha qaror qabul qiladi.
Foydalanuvchi Goethe-Institutini uchinchi shaxslarning foydalanuvchi tomonidan yuqoridagi 4-bandda ko‘rsatilgan majburiyatlarni (boshqa foydalanuvchilarning qoidabuzarligi haqida xabar berish majburiyati bundan mustasno) o’z aybi bilan buzganligi sababli yuzaga keladigan barcha da’volaridan holi tutadi. Foydalanuvchi Goethe-Institutini bu kabi da’volarga qarshi himoyalanishida ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim qilish orqali vijdonan qo‘llab-quvvatlash majburiyatini oladi. Foydalanuvchi Goethe-Institutining zarur huquqiy himoyasi xarajatlarini ham o‘z zimmasiga olishga majburdir. Goethe-Institutining boshqa huquqlari va zararni qoplash bo‘yicha da’volari o’z kuchida qoladi.
E’lon qilingan materiallar uchun mualliflik huquqi, agar ular mualliflik huquqi bilan himoyalanishga loyiq bo’lsa, tegishli foydalanuvchida qoladi. Biroq, goethe.de saytida o‘z materialini joylashtirish orqali foydalanuvchi Goethe-Institutiga material bo’yicha eksklyuziv bo‘lmagan, butun dunyoda amal qiladigan va muddati cheklanmagan quyidagi huquqlarni beradi:
Foydalanuvchi o‘zi kiritgan materiallarni o‘chirish yoki ularga tuzatish kiritishga haqli emas. Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha umumiy qoidalar (EU 2016/679 sonli reglament), Mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonun va foydalanuvchining oʻchirish boʻyicha har qanday qonuniy majburiyatlari bundan holi tarzda o’z kuchida qoladi.
Agar raqamli mahsulot nuqsonli bo‘lsa, unda kafolat da’volari yuzaga keladi. 1-bandda keltirilgan xizmatga tegishli nuqsonlar bilan bog‘liq da’volar muddati taqdim etilgan kundan boshlab ikki yil ichida, lekin kamida shartnoma muddati tugaganidan keyin bir yilda o‘tadi.
Foydalanuvchining yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha Goethe-Institutiga, uning bo’limlariga, xodimlariga va vakillariga nisbatan da’volari, agar quyida boshqacha belgilanmagan bo‘lsa, qabul qilinmaydi. Goethe-Instituti tomonidan berilgan kafolat yoki va’da asosida, hayot, tana yoki sogʻliqqa shikast yetkazilishi natijasida yoki mahsulot sifati bo‘yicha javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida yuzaga keladigan zararni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar va muhim shartnomaviy majburiyatlarning buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha daʼvolar bundan mustasno. Muhim shartnomaviy majburiyatlar shartnomaning maqsadiga erishish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan majburiyatlardir. Shuningdek, provayder, uning qonuniy vakillari yoki yordamchilari tomonidan o’z majburiyatining qasddan yoki o’ta mas’uliyatsizlik bilan buzilishi natijasida yuzaga keladigan zararlar uchun javobgarlik ham bizning javobgarligimiz doirasiga kirmaydi.
Ushbu shartnoma noma’lum muddatga tuziladi va tomonlarning har biri tomonidan biror muddatga amal qilmasdan yozma shaklda (masalan, elektron pochta orqali) bekor qilinishi mumkin.
Ushbu shartnoma tugagandan so‘ng, Goethe-Instituti foydalanuvchi tomonidan yaratilgan va boshqa foydalanuvchilar bilan baham ko‘rilgan materiallarni o‘chirishga haqli, lekin majbur emas. Biroq, foydalanuvchi istalgan vaqtda foydalanuvchi hisobini va unda saqlangan ommaviy bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘chirishni talab qilishi mumkin.
Agar muhim sabab mavjud bo‘lsa, xususan, 4-banddagi majburiyatlarning ham jiddiy yoki muvaffaqiyatsiz ogohlantirishdan keyin takroran buzilishi tufayli Gyote-Instituti foydalanuvchining saytga kirishini darhol bloklashga va shartnomani biror muddatga amal qilmasdan bekor qilishga haqli. Bunday holda tegishli foydalanuvchi faqat Goethe-Institutining oldindan beriladigan yozma roziligi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Goethe-Instituti ushbu foydalanish shartlarini hech qanaqa sabab ko‘rsatmasdan o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Goethe-Instituti foydalanuvchini oʻzgartirishlardan keyin saytga qilingan tashrifi vaqtida oʻzgartirishlar haqida oʻz vaqtida xabardor qiladi va foydalanuvchidan uning oʻzgartirilgan shartlariga roziligini soʻraydi. Agar foydalanuvchi kamida 14 kunlik yetarlicha muddat ichida e’tiroz bildirmasa, foydalanish shartlari qabul qilingan hisoblanadi. Goethe-Instituti foydalanish shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabar berganida, agar foydalanuvchi belgilangan muddat ichida e’tiroz bildirmasa, rozilik berilgan deb hisoblanishini alohida ta’kidlaydi. Agar foydalanuvchi e’tiroz bildirsa, Goethe-Instituti 8-bandga muvofiq shartnomani bekor qilishi mumkin.
Arxiv
Goethe-Instituti va foydalanuvchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar uchun Germaniya Federativ Respublikasi qonunchiligi amal qiladi. Qonunchilikning ushbu tanlovi iste’molchilarga nisbatan faqat iste’molchi o‘zi doimiy yashash joyiga ega bo’lgan davlatning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha majburiy qoidalari bilan unga berilgan himoyadan mahrum bo‘lmagani kabi ko’rinishdagina qo‘llaniladi.
Yevropa Komissiyasi nizolarni onlayn hal qilish platformasini (OS) taqdim etadi, uni ushbu manzilda topishingiz mumkin: http://ec.europa.eu/consumers/odr/. Iste’molchilar o‘z nizolarini hal qilish uchun mazkur platformadan foydalanish imkoniyatiga ega. Biz iste’molchilarning arbitrajlik kengashi oldida suddan tashqari arbitrajlik muhokamasida ishtirok etishga tayyormiz. Buning uchun quyidagi tashkilot mas’ul hisoblanadi: Germaniya Federativ Respublikasining Arbitrajlik komissiyasi qoshidagi Universal arbitrajlik komissiyasi – die Universalschlichtungsstelle des Bundes am Zentrum für Schlichtung e.V., Straßburger Straße 8, 77694 Kehl am Rhein, https://www.verbraucher-schlichter.de/.
Iste’molchilar shartnomani bekor qilish bo‘yicha qonun bilan belgilangan huquqqa ega.
Bekor qilish huquqi
Siz ushbu shartnomani o‘n to‘rt kun ichida sabablarni ko’rsatmasdan bekor qilishga haqlisiz. Bekor qilish muddati shartnoma tuzilgan kundan boshlab o‘n to‘rt kundan iborat. Bekor qilish huquqidan foydalanish uchun Siz bizga mazkur shatrtnomani bekor qilish bo’yicha o’z qaroringizni yaqqol tushuntirish (masalan, pochta orqali yuborilgan xat yoki Email) orqali xabar berishingiz (Manzil: Goethe-Institut e. V., Oskar-von-Miller-Ring 18, 80333 München, Telefon: +49 89 15921-0, info@goethe.de) lozim. Buning uchun ilova qilingan bekor qilish blankasidan foydalanishingiz mumkin, lekin bu blankadan foydalanish majburiy emas.
Bekor qilish muddatiga rioya qilish uchun bekor qilish muddati tugashidan oldin bekor qilish huquqidan foydalanganishingiz haqida bildirgi yuborishingiz yetarli.
Bekor qilish oqibatlari
Agar siz ushbu shartnomani bekor qilsangiz, biz sizdan olgan barcha toʻlovlarni, shu jumladan yetkazib berish xarajatlarini (bir tomonimizdan taklif etilgan eng arzon standart yetkazib berishdan boshqa yetkazib berish turini tanlaganingizdan kelib chiqadigan qoʻshimcha xarajatlar bundan mustasno) biz ushbu shartnomani bekor qilganligingiz to‘g‘risida bildirishnoma olgan kundan boshlab darhol va o‘n to‘rt kundan kech bo’lmagan vaqt ichida sizga to’lab beramiz. Agar siz bilan boshqa narsaga aniq kelishilmagan boʻlsa, biz ushbu toʻlov uchun siz dastlabki tranzaksiyada foydalangan toʻlov vositalaridan foydalanamiz; hech qanday holatda bu toʻlov uchun sizdan toʻlov undirilmaydi.
Agar siz bekor qilish muddati ichida xizmat ko’rsatishni boshlashni talab qilgan boʻlsangiz, unda siz bizga ushbu shartnomaga nisbatan bekor qilish huquqidan foydalanishingiz haqida xabar bergan vaqtgacha allaqachon amalga oshirilgan xizmat ko’rsatishning shartnomada ko’zlangan xizmatlarning umumiy miqdoriga nisbatan ulushiga mos maqbul summani toʻlashingiz lozim.
(Siz quyidagi shakldan foydalanishingiz yoki bekor qilishni o‘zingiz ifodalashingiz mumkin.)