Neumayer-Station © Felix Riess; CC BY-SA 3.0 DE

Miya va atrof-muhit

Miyaga rag’batlantiruvchi omil lozim

Biz idrok qilayotgan dunyo tashqi olamning obyektiv in’ikosi emas. To’g’rirog’i, bu atrof-muhit bilan doimiy almashinuv natijasida miyada yaratilgan tasvidir. Miya doimo atrof-muhit haqida taxminlar yaratadi va ularni his-tuyg’u organlari orqali miyaga kiradigan taassurotlar bilan taqqoslaydi. Shunday qilib, har bir inson qisman o’zining o’ziga xos dunyosida yashaydi.

Maks Plank Jamiyati Inson taraqqiyoti instituti va Berlindagi Sharite tibbiyot universiteti olimlari ekstremal sharoitlardagi hayot miyaga qanday ta’sir qilishini o‘rganishmoqda: ular Antarktidada bir necha oylarni o’tkazadigan va uyerda atrof-muhitning ekstremal sharoitlari va ijtimoiy izolyatsiyani boshdan kechirgan qutb tadqiqotchilarni o’rganishadi. Berlin tadqiqotchilari tomonidan olingan birinchi natijalar shuni ko’rsatadiki, bunday yashash sharoitida gippokamp maydoni kichrayadi. Bu fazoviy fikrlash, diqqat va xotira shakllanishiga ta’sir qiladi.
© MPG
Men o‘rmonda sayrga qilyapmanmi yoki shahardami, ekstremal muhitda, masalan, Antarktidada uzoq vaqt davomida yashayapmanmi – odam yashaydigan muhit miyani o‘zgartiradi. Bu qanday bo’lishi mumkin - bu haqda Maks Plank Jamiyatining Berlindagi Inson taraqqiyoti institutidan ekologik psixolog Simone Kyun aytib beradi.
 

Hamkorlik bo’yicha sherik

GI-Logo MPG Logo