Yerning tashqi ko’rinishi | © Christian Pauschert / Adobe Stock

Yerning tashqi ko’rinishi

Inson ko’p ming yillar davomida Yerni o’zgartirib kelmoqda. Dastlabki dehqonlar dalalar va yaylovlarga joy tayyorlash ochish uchun daraxtlarni kesishgan. Shu bilan birga, odamlar butun Yer yuzasining taxminan 50 foizidan foydalanadilar. Eng katta ulush - 37% qishloq xo’jaligiga to’g’ri keladi.

Landshaft, turlar xilma-xilligi va suv balansiga salbiy ta’sirni birinchi navbatda intensiv sanoat qishloq xo’jaligi ko’rsatadi. Ammo Yer qiyofasini doimiy ravishda o’zgartiradigan boshqa omillar ham mavjud. Tokio, San-Paulu, Nyu-York, Qohira yoki Shanxay kabi shaharlarda cheklangan hududlarda millionlab odamlar yashaydi. Yo’llar va temir yo’l liniyalari butun dunyo bo’ylab cho’zilgan. Va bizning merosimiz, mikroplastikdan tortib yadroviy chiqindilargacha, biz o’zimiz Yerda mavjud bo’lmaganimizdan ko’p vaqt o’tganidan so’ng ham, keyingi avlodlarga o’tadi.

Plastik dengizi

Ispaniya janubidagi Almeriya provinsiyasida eksport uchun millionlab tonna bodring, pomidor, paprika, avakado va qulupnay o’stiriladi, ularning uchdan bir qismi Germaniyaga yetkaziladi. Bu ekinlarning deyarli barchasi sun’iy sug‘oriladigan issiqxonalarda yetishtiriladi. Taxminan 350 kvadrat kilometrni egallagan bu ulkan “plastik dengizda” deyarli butun landshaft plastik soyabonlar bilan qoplangan. Hayvonlar va yovvoyi o’simliklar uchun buyerda joy yo’q. Bundan tashqari, intensiv sug’orish yer osti suvlari sathining pasayishiga olib keladi va mintaqa qurib bormoqda. Pestitsidlar va mineral o’g’itlar ham issiqxonalardan tashqarida deyarli hech narsa yashamayotganligiga o’z hissasini qo’shmoqda.


Daryo inson ta’siri ostida

Mississippi © Missisipi o’zanining burilishlari. Garold N. Fisk muallifligidagi xarita, AQSh armiyasi muhandislar korpusi, 1944 yil | Quyi Missisipi allyuvial tekisligining geologik tadqiqotlari

Antropotsen –  iqlim o’zgarishidan ham ortiq. O’z faoliyati davomida inson butun, shu jumladan ulkan landshaftlarni o’zgartiradi. Dunyodagi eng katta daryolardan biri Missisipi buning misolidir. Uning havzasi AQSh quruqlikdagi maydonining deyarli 40 foizini egallaydi. O’zining 3778 kilometrlik yo’lida u AQShning butun markaziy qismi bo’ylab oqib o’tadi va mamlakatdagi ekologik, ijtimoiy, sanoat va tarixiy o’zgarishlarni aks ettiradi. Bugungi kunda Missisipi ulkan qishloq xo’jaligi va sanoat koridoridir. Uning qirg’oqlarida uran ishlab chiqarishning radioaktiv chiqindilari topilmoqda, neftni qayta ishlash zavodlari va po’lat quyish zavodlari, shuningdek, hozirda sanoatsizlashtirishni boshdan kechirayotgan Sent-Luis kabi shaharlar joylashgan. Turli madaniyatlar buyerda o’z izlarini qoldirib, aralashib ketgan va tarixiy jihatdan shakllangan tengsizlik hali ham seziladi. “Missisipi. Antropotsen-daryo” fanlararo loyihasi doirasida nemis va amerikalik olimlar birgalikda Yerning inson tomonidan o’zgartirishining ideal namunasi sifatida daryoni o’rganishdi.


© Haus der Kulturen der Welt/Max Planck Institute for the History of Science


Diatom  suv o’tlari plastikni hazm qiladi

Butun dunyo bo’ylab ko’plab plastik (PET) butilkalar qayta ishlanmasdan chiqindixonaga tashlanadi. Ularning aksariyati okeanga tushadi. Hozirgi prognozlarga ko’ra, 2050 yilga borib dengizlarda baliqlardan ko’ra plastik ko’proq bo’ladi. Marburgdagi hujayra biologlari sho‘r suvda plastikni qanday parchalash mumkinligi ustida ish olib bormoqda. Bir necha yillardan beri ma’lumki, ba’zi bakteriyalar “petaza” deb ataladigan maxsus enzim yordamida plastikni (PET) eritishi mumkin. Ammo dengiz suvida emas. Shuning uchun Marburg tadqiqotchilari o’z tajribalarida dengiz diatom suv o’tlaridan foydalanadilar. Ushbu bir hujayrali organizmlarga “petaza” enzimini ishlab chiqarish uchun javobgar bakterianing modifkatsiyalashtirilgan geni kiritiladi. Diatom suv o’tlari endi enzimni ishlab chiqarishi va plastikni parchalashi mumkin. Olimlar laboratoriya sharoitida PETdan bo’lgan mikroplastikni dengiz suvidan yo’q qilish mumkinligini ko‘rsatdi, ammo undan samarali foydalanish uchun hali ko‘p vaqt kerak.


Strukturaviy o’zgarish - avlodlar loyihasi

 © Rupert Oberxoyzer / Alamy Stock Foto

1980-yillarda Emsher Germaniyadagi eng iflos daryo hisoblangan. U 19-20-asrlarda togʻ-kon sanoati va sanoat yuqori darajada rivojlangan Rur viloyatidan oqib oʻtardi. Bu erda uzoq vaqt davomida yer osti kanalizatsiya tizimini qurish mumkin bo’lmaydi, chunki ko’mir qazib olinganligi tufayli doimiy ravishda yer cho’kishlari hosil bo’lgan. Shu sababli oqava suvlar daryoga oqizilgan. O’sha paytda u tubi betonlangan badbo’y kanalizatsiyadan boshqa narsa emas edi. Emsher va uning Rur viloyatidagi ko’plab irmoqlarini ekologik jihatdan qayta tiklash 30 yil oldin boshlangan. Ayni paytda 326 kilometrlik daryoning yarmiga yaqini o‘zining tabiiy holatiga qaytarilgan. Bugun yana uning qirg’oqlarida noyob ko’ktorg’oqlar yashaydi. Ushbu ekologik qayta qurish dunyodagi eng yirik loyiha bo’lib, qiymati besh milliard yevrodan oortiqdir. Shu kabi muammolarga duch kelgan turli mamlakatlardan delegatsiyalar ushbu muvaffaqiyatli tajribani o’rganish uchun bugun Rur viloyatiga kelishadi.

Hamkorlik bo’yicha sherik

GI-Logo MPG Logo