Bonn shahrida Lyudvig van Betxoven haykali © Fralac / Creative Commons

Tugallanmagan ishlarni tugatish

2020 yilda Lyudvig van Betxoven tavalludining 250 yilligi munosabati bilan musiqashunoslar va sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislar maxsus tajriba – Betxovenning o‘ninchi simfoniyasi bastalashni o‘tkazdi.

“To’qqizinchi”ning katta muvaffaqiyatidan so’ng, Betxoven o’zining navbatdagi simfoniyasi ustida ish olib bordi. Biroq, 1827 yilda vafot etganida, faqat bir nechta eskizlar tugallangan edi, xolos. SI texnikasidan foydalangan holda, buning asosida o’ninchi simfoniyaning mumkin bo’lgan versiyasi yaratilishi kerak. Buning uchun Betxovenning mavjud kompozitsiyalari o’rganilib, moshinda o’qiladigan holga keltirildi. Shu tarzda, algoritmlar Betxovenning xarakterli uslubini o’rgandi va endi mavjud tarhlar asosida mazmunli musiqiy qismlar yaratishi mumkin.
Musiqashunoslar ulardan eng yaxshilarini tanlab, tizimga o‘tkazdilar. Shunday qilib, bosqichma-bosqich yangi asar paydo bo’ldi. Biroq, SI tomonidan yaratilgan musiqa dastlab “shunchaki” bir zayldagi ohangdan iboratdir. Bastakorlarning vazifasi uni orkestrning turli asboblari uchun talqin etishdan iboratdir.

Yangi simfoniya paydo bo’ldi

Bu yerda SI shisha garmonikada o’z qismini “chaldi”. Birinchi olti takt, ya’ni taxminan dastlabki o’n bir soniya hali ham asl bo’lib, Betxovenning o’ziga tegishli.
 
© erkin foydalanish mumkin

Hamkorlik bo’yicha sherik

GI-Logo MPG Logo