colourbox.com
SI nima?
“Sun’iy intellekt” (SI) yoki ingliz tilida “Artificial Intelligence” (AI) atamasi ilk marotaba 1955 yilda rasmiy ravishda ishlatilgan.
Informatika bo’yicha olim Jon Makkarti uni boshqa narsalar qatori shaxmat va shashka o’ynay oladigan dasturlar taqdim etilgan anjuman bilan bog’liq holda ishlatdi. 40 yil o’tgach, IBM tomonidan ishlab chiqilgan Deep Blue shaxmat kompyuteri jahon chempioni Garri Kasparovni mag’lub etdi. Biroq bu intellektmi? Muammo aynan shundadir: aqlli mashinlarni ishlab chiqishga urinishda dastlab tabiiy intellekt tushunchasiga ko’ra ish ko’riladi, ammo uning uchun hali ham ommaviy ravishda e’tirof etilgan ta’rif yo’q. Biroq, bir narsani aniq aytish mumkin: SI modeli - bu bizning miyamiz, o’rganish, mulohaza qilish va mavhum tarzda fikr yurita oladigan neyron tarmoqdir.
O’ylay oladigan yoki atrof-muhit bilan aqlli munosabatda bo’ladigan mashinalar hali mavjud emas - hatto bugungi SI juda yaxshi o’rganish qobiliyatiga ega bo’lsa ham. Biroq ushbu texnologiya bizning kundalik hayotimizni tubdan va amalda hayotning barcha sohalarida o’zgartirdi.
“Bugun cho’ntagimizda olib yurgan narsamiz bundan o’n yillar oldin mavjud bo’lgan superkompyuterning kuchiga ega.”
Piter Dayan, Maks Plank Jamiyatining Tyubingendagi Biologik kibernetika instituti direktori
Umuman olganda, SI ning uch xil shakli mavjud: zaif SI, kuchli SI va super-SI deb ataladigan shakli.
Zaif SI
Zaif SI - bu bir sohaga ixtisoslashgan sun’iy intellekt. Bu sohada u haqiqatan ham yaxshi bo’lishi mumkin, lekin u o’z bilimini boshqa sohalarda ishlata olmaydi. Bizning smartfonlarimiz ham, har bir zamonaviy kompyuter va Internet ham zaif sun’iy intellektlarga to’la, masalan, smartfon rasmlarni papkalarga guruhlaganda, dastur matnlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilganda yoki YouTube keyingi videoni taklif qilganda. Zaif SI lar, soddaroq tarzda aytganda, “tor doira mutaxassislari”dir. Ular o’z ishlarida usta, ko’pincha odamlardan ham yaxshiroq - lekin ular boshqa hech narsa qila olmaydilar. Bugungi kunda mavjud bo’lgan har bir SI zaif SI hisoblanadi.
Kuchli SI
Kuchli SI bir sohada o’rganganlarini boshqa sohalarda ham qo’llashi mumkin. Bu intellekti bo’yicha odamlarnikiga o’xshash kuchli sun’iy intellektni yaratishga imkon bergan bo’lardi. Ammo bugungi kunga qadar kuchli SI mavjud emas. Hatto juda murakkab tizimlar - masalan, avtonom haydash tizimlari - zaif SI lardir, chunki ular hali ham aniq belgilangan soha bilan cheklangan. Inson miyasi bilan taqqoslanuvchi aqlga yetishish hali uzoqdir. Sun’iy neyron tarmoqlar avtomatik tarzda o’rganishning eng murakkab turidir. Ular kuchli SI yaratilishida hal qiluvchi rol o’ynaydilar.
Super-SI
Super-SI yoki sun’iy super intellekt odamlardan ko’ra aqlliroq bo’lar edi va nafaqat muayyan muammolar yoki topshiriqlarni hal qilishda, balki o’zining ijodiy va ijtimoiy qobiliyatlarida ham. Super-SI o’z maqsadlari va qadriyatlarini belgilashi va ularni har qanday vaziyatga moslashtira olishi kerak. Bundan tashqari, super-SI ongni o’z ichiga oladimi degan savol tug’iladi. Ba’zi bir tizimlar, masalan, ba’zi tez va kuchli qidiruv tizimlarini ba’zan “o’ta aqlli” deb atashadi. Biroq, ular faqat quyi sohalarda va ma’lum bir qo’llash sohasida odamlardan ustundir va shuning uchun oxir-oqibat zaif SI lardir. Haqiqiy super-SI, shubhasiz, dunyoni tubdan o’zgartirgan bo’lar edi.
O’ylay oladigan yoki atrof-muhit bilan aqlli munosabatda bo’ladigan mashinalar hali mavjud emas - hatto bugungi SI juda yaxshi o’rganish qobiliyatiga ega bo’lsa ham. Biroq ushbu texnologiya bizning kundalik hayotimizni tubdan va amalda hayotning barcha sohalarida o’zgartirdi.
“Bugun cho’ntagimizda olib yurgan narsamiz bundan o’n yillar oldin mavjud bo’lgan superkompyuterning kuchiga ega.”
Piter Dayan, Maks Plank Jamiyatining Tyubingendagi Biologik kibernetika instituti direktori
Zaif, kuchli va super-SI – bu nima?
SI - bu informatika fanining kichik bo’limi. Uning maqsadi kompyuterlarga algoritmlar yordamida timsollarni tanib olish va mustaqil qarorlar qabul qilish imkonini berishdir. SI hali nisbatan yangi sohadir. Shu sababli, hatto mutaxassislar o’rtasida ham, SI deganda nimani tushunish kerak va nimani tushunmaslik kerakligi haqida turli xil fikrlar mavjud. Ko’pchilik mutaxassislar kompyuter tizimining mustaqil ravishda o’rganish qobiliyatini SI uchun zaruriy shart deb hisoblaydilar, boshqalari esa, masalan, oddiy ovozli yordamchilarni nazarda tutdilar.Umuman olganda, SI ning uch xil shakli mavjud: zaif SI, kuchli SI va super-SI deb ataladigan shakli.
Zaif SI
Zaif SI - bu bir sohaga ixtisoslashgan sun’iy intellekt. Bu sohada u haqiqatan ham yaxshi bo’lishi mumkin, lekin u o’z bilimini boshqa sohalarda ishlata olmaydi. Bizning smartfonlarimiz ham, har bir zamonaviy kompyuter va Internet ham zaif sun’iy intellektlarga to’la, masalan, smartfon rasmlarni papkalarga guruhlaganda, dastur matnlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilganda yoki YouTube keyingi videoni taklif qilganda. Zaif SI lar, soddaroq tarzda aytganda, “tor doira mutaxassislari”dir. Ular o’z ishlarida usta, ko’pincha odamlardan ham yaxshiroq - lekin ular boshqa hech narsa qila olmaydilar. Bugungi kunda mavjud bo’lgan har bir SI zaif SI hisoblanadi.
Kuchli SI
Kuchli SI bir sohada o’rganganlarini boshqa sohalarda ham qo’llashi mumkin. Bu intellekti bo’yicha odamlarnikiga o’xshash kuchli sun’iy intellektni yaratishga imkon bergan bo’lardi. Ammo bugungi kunga qadar kuchli SI mavjud emas. Hatto juda murakkab tizimlar - masalan, avtonom haydash tizimlari - zaif SI lardir, chunki ular hali ham aniq belgilangan soha bilan cheklangan. Inson miyasi bilan taqqoslanuvchi aqlga yetishish hali uzoqdir. Sun’iy neyron tarmoqlar avtomatik tarzda o’rganishning eng murakkab turidir. Ular kuchli SI yaratilishida hal qiluvchi rol o’ynaydilar.
Super-SI
Super-SI yoki sun’iy super intellekt odamlardan ko’ra aqlliroq bo’lar edi va nafaqat muayyan muammolar yoki topshiriqlarni hal qilishda, balki o’zining ijodiy va ijtimoiy qobiliyatlarida ham. Super-SI o’z maqsadlari va qadriyatlarini belgilashi va ularni har qanday vaziyatga moslashtira olishi kerak. Bundan tashqari, super-SI ongni o’z ichiga oladimi degan savol tug’iladi. Ba’zi bir tizimlar, masalan, ba’zi tez va kuchli qidiruv tizimlarini ba’zan “o’ta aqlli” deb atashadi. Biroq, ular faqat quyi sohalarda va ma’lum bir qo’llash sohasida odamlardan ustundir va shuning uchun oxir-oqibat zaif SI lardir. Haqiqiy super-SI, shubhasiz, dunyoni tubdan o’zgartirgan bo’lar edi.
Hamkorlik bo’yicha sherik
Sizni shuningdek qiziqtirishi mumkin
© Maks Plank nomidagi Neyrobiologiya instituti, Martinsrid / Folker Shtayger (parcha; Kocmoc kompaniyasi tomonidan qayta ishlangan)