Goethe-Institutning xabar berish tizimi
Amaldagi qonunlarning buzilishi har qanday kishiga – begona shaxslar bo’ladimi, Gyote-Institutning xodimlari yoki tashkilotning o’zimi, bunday harakatlar katta zarar keltirishi mumkin.
Goethe-Institutning xabar berish tizimi, mumkin bo'lgan qonun va qoidabuzarlikni erta aniqlash va tegishli choralarni ko'rish uchun muhim bir oldindan ogohlantirish tizimi sifatida xizmat qiladi.
Xabar berish
Biz Sizga Gyote-Institut faoliyati bilan bog'liq huquqiy va me'yoriy qoidabuzarliklarning har qanday ko'rinishlari haqida xabar berishingizni tavsiya qilamiz. Buning uchun keng ma'lumot beruvchi tizim mavjud. Ushbu tizim orqali asosan quyidagi holatlar haqida xabar berish mumkin:
- Korrupsiya va pul yuvish
- O'g'rilik
- Manfaatlar to'qnashuvi
- Bezorilik/Diskriminatsiya
- Inson huquqlarining buzilishi
Agar ma'lumot asosli bo'lsa, Goethe-Institut o'z imkoniyatlari doirasida xabar beruvchi shaxsning zarar ko'rmasligini ta'minlaydi.
Xabar berish kanallari
Goethe-Institutning xabar berish tizimi quyidagi ma’lumot berish kanallarini taklif etadi:- Onlayn xabar berish portali butun dunyo bo'ylab, 24 soat ishlaydi va nemis, ingliz tillarda mavjud. Bu portal anonim tarzda xabar berishni ta'minlaydi. Onlayn xabar berish portaliga kirish: Goethe Institut e.V. | Startseite (integrityline.app)
- Huquqbuzarliklar to'g'risida xabarlarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish mumkin: hinweisgeber@goethe.de yoki
- quyidagi pochta manziliga yuborish mumkin:
Goethe-Institut e.V.
Department 70/Risk and Integrity Management
Oskar-von-Miller-Ring 18
80333 Munich
Department 70/Risk and Integrity Management
Oskar-von-Miller-Ring 18
80333 Munich
Iltimos, shuni e’tiborga olingki, kurslar va imtihonlarning sifati haqida shikoyatlar Goethe-Institutning xabar berish tizimi orqali ko'rib chiqilmaydi. Imtihonlar yoki kurslar bo'yicha shikoyatlar bo'lsa, iltimos, tegishli muassasaning "Kurslar va Imtihonlar" bo'limining rahbariyati bilan bog'laning.
Xabar berish jarayonida ma'lumotlarni himoya qilish bo‘yicha barcha ma'lumotlarni bu yerdantopishingiz mumkin.